Bellingem: «Qanday ahmoqlik»

Madridning «Real» klubida to‘p surayotgan yulduz yarim himoyachi Jud Bellingem «Espanyol» bilan o‘yin bosh hakamining ogohlantirishiga qo‘pollik bilan munosabat bildirdi. Bu haqda «Marca» gazetasi jurnalistlari xabar bermoqda.

Voqea o‘yinning ikkinchi bo‘limida sodir bo‘ldi. Bellingem qayd etilmagan qoidabuzarlikka norozilik bildirgani uchun sariq kartochka oldi. Ogohlantirishni ko‘rgan Jud: «Qanday axmoqlik», dedi.

Uchrashuv 4:1 hisobida «los-blankos»ning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter