Ten Xag: «Ugarte «Manchester Yunayted» uchun juda muhim bo‘ladi»

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag yarim himoyachi Manuel Ugartening jamoaga qo‘shilishi haqida gapirdi.

23 yoshli futbolchini ingliz grandi avgust oyi oxirida «PSJ»dan sotib olgandi. Urugvaylik futbolchi yangi jamoasida ikkita o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

«Hozir Ugarte qanday hissa qo‘shishini tushunishi uchun klubga, jamoaga, o‘yin modelimizga, prinsiplarimizga ko‘nikishi juda muhim. Ko‘rasiz, u biz uchun juda muhim o‘yinchi bo‘ladi», – deya ten Xagning so‘zlarini keltirgan jurnalist Lauri Uitvell.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter