Luninning «Real»dagi maoshi oshadi
Ukrainalik darvozabon Andrey Lunin «Real» bilan yangi shartnomasi bo‘yicha qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi.
Defensa Central xabariga ko‘ra, darvozabonning maoshi sezilarli darajada oshirilgan.
Lunin yiliga 4,5 million yevro ishlab oladi.
Ilgari uning maoshi 2,5 million edi. Tomonlar o‘rtasidagi yangi mehnat shartnomasi 2030-yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/