Enrike: «Ko‘plab o‘yinchilar bilan shartnoma imzolashdan foyda yo‘q»

Luis Enrike «PSJ»ning Liga 1 mavsumi boshlanishiga baho berdi.

Parijliklar 4 uchrashuvning barchasida umumiy 16:3 hisobida zafar quchgan.

– Jamoa siz xohlagandek rivojlanayaptimi?

«Endi bunday narsa haqida gapirish juda oson. O‘tgan mavsumda «Nissa»ga qarshi o‘yin bo‘lib o‘tdi, unda o‘zgarishlarni ko‘rdim.

O‘shandan beri biz o‘yinlarni nazorat qila olishimizga ishonaman. Bu mavsumning boshlanishi shunchaki o‘tmishning davomi. “Lion”ga qarshi (2:1) Fransiya kubogi finali ham juda yaxshi o‘tdi.

Jamoa yaxshilanishda davom etadi deb o‘ylayman. Shu bois mavsum oralig‘ida ko‘plab o‘yinchilar bilan shartnoma imzolashdan foyda yo‘q edi», – dedi «PSJ» bosh murabbiyi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter