Boban: «Zlatan daho va men unga butun umr rahmat aytaman»
Zvonimir Boban Zlatan Ibrahimovichning «Milan»dagi faoliyati haqida gapirdi.
Sobiq futbolchi hozirda «Milan» klubi xo‘jayini maslahatchisi lavozimini egallab turibdi.
«Zlatan daho va men unga butun umr rahmat aytaman, chunki u «Milan»ga bo‘lgan muhabbati tufayli qaytishga rozi bo‘ldi va klubning yaqin tarixiga va umuman hamma narsaga ta’sir qildi.
Shu bilan birga, endi men u nima bilan shug‘ullanayotganini, uning mas’uliyati va uni baholash qobiliyati qanday ekanligini tushunmayman.
Gap shundaki, skudettoni qo‘lga kiritib, Chempionlar ligasida yarim finalga chiqqan jamoaga beparvolik bilan munosabatda bo‘lindi.
Ushbu poydevorda ko‘p narsalarni qurish mumkin. Menimcha, bu katta xato bo‘ldi», – dedi «Milan»ning sobiq futbolchisi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/