Musiala uchun kurashadigan klublar ma’lum bo‘ldi

Hujumkor yarim himoyachi Jamol Musialaga Yevropaning bir qator yuqori maqomli klublari qiziqish bildirmoqda.

Transfer News Live xabariga ko‘ra, «Real Madrid», «Barselona», «Manchester Siti» va «Arsenal» kelasi yozda transfer bozorida Musiala uchun kurashadi.

Shu bilan birga, «Bavariya» Musiala bilan xayrlashmoqchi emasligi qayd etilgan. Myunxenliklar 21 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara olib borishni afzal ko‘rmoqda.

Jamolning amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter