«Milan»ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi
Chiprian Tetereshanu nafaqaga chiqqanini e’lon qildi.
39 yoshli ruminiyalik darvozabonning so‘nggi jamoasi Saudiya Arabistonining «Abha» klubi bo‘lgandi.
Tatarushanu «Milan», «Fiorentina», «Nant», «Styaua» va Ruminiya terma jamoasidagi o‘yinlari bilan tanilgan.
«Futbol dunyodagi eng go‘zal sport turi va men uni o‘ynash sharafiga muyassarman. Men sizga birinchi kunlardan to oxirigacha hamma narsani berdim, men sizni doimo birinchi o‘ringa qo‘ydim va siz meni mukofotladingiz.
Yo‘lda uchragan barcha muxlislar, murabbiylar, jamoadoshlar, raqiblar, menejerlar, hakamlar va jurnalistlarga rahmat» – deb yozgan Chiprian.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/