Angliyalik murabbiy «Real»da ishlay olmaydigan bo‘ldi

Angliyaning “Stokport Kaunti” bosh murabbiyi Endi Mengan Breksit qoidalari (Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi) tufayli “Real”ni rad etdi.

Bu haqda The Times nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, sobiq hujumchi Karlo Anchelotti bilan ispan klubi murabbiylar shtabiga qo‘shilish bo‘yicha kelishuvga erishganiga qaramay, ishlash uchun ruxsatnoma ololmagan.

Qayd etilishicha, apellyasiya berish mumkin, biroq uning qanoatlantirilishi dargumon. Menganni Anchelottiga uning o‘g‘li Davide tavsiya qilgan, undan ingliz murabbiylik kursini olgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter