Germaniya futbol assosiasiyasi tarkibida katta o‘zgarish yuz beradi
Germaniya futbol assosiasiyasi sport direktori Rudi Fyoller 2026 yilgi jahon chempionatidan so‘ng o‘z lavozimini yuz foiz tark etishini ma’lum qildi.
«Men uchun 2026 yil yakuni aniq. Aslida men hozir ham ketmoqchi edim», – dedi Fyoller Bild nashriga.
Fyoller Germaniya terma jamoasi uchun 2023-yilda, Qatardagi halokatli jahon chempionatidan so‘ng Oliver Byerxoff o‘rniga kelgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/