«Barselona» bugun operasiya qilingan futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolaydi
«Barselona»ning 17 yoshli yarim himoyachisi Mark Bernal La Liganing 3-turida «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yinda xoch bog‘lamlaridan jiddiy jarohat oldi va bugun chap tizzasidan operasiya qilindi. Qayd etilishicha, futbolchi keyingi mavsumgacha maydonga qayta olmaydi.
Bernalning uzoq muddatli tiklanishiga muhtoj bo‘lishiga qaramay, «Barselona» u bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi va yana uch mavsumga, 2029 yilgacha uzaytirish imkoniyati mavjud.
Mark Bernal kelasi yozda 18 yoshga to‘ladi, bu unga klubda uzoqroq muddat o‘ynashni davom ettirish uchun shartnoma imzolash imkonini beradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/