Shaxrom Samiyev: “Ijobiy natijaga erishish uchun hamma narsani qilamiz”
«Andijon» legioneri Shaxrom Samiyev Tojikiston terma jamoasi safida Malayziyada “Merdeka Cup-2024” xalqaro mini musobaqasida ishtirok etmoqda.
Yarim finaldan boshlangan turnirda tojikistonliklar Livanga 1:0 hisobida yutqazib qo‘ygandi. Ertaga esa Kuala-Lumpurdagi “Bukit Jalil” stadionida 3-o‘rin uchun Samiyev va uning jamoasi Filippinga qarshi maydonga tushishadi.
Bugun uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi bilan birga “Andijon” jamoasi hujumchisi Shaxrom Samiyev ham ishtirok etdi va quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
«Ertangi uchrashuvda biz faqat g‘alaba qozonish uchun o‘ynaymiz. Shuning uchun bu uchrashuvga jiddiy qarayapmiz.
Filippin terma jamoasi FIFA reytingida bizdan pastroqda joylashgan bo‘lsa-da, raqibimiz ancha malakali hamda tajribali. Ularning ko‘plab futbolchidari Yevropada to‘p surishadi.
Bizni qiyin o‘yin kutayotganini tushunib turibmiz. Ammo o‘z o‘yinimizni ko‘rsatish va ijobiy natijaga erishish uchun hamma narsani qilamiz», – deydi Samiyev.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/