5:0 – 6:7 – bu qanaqa «kambek»?
Germaniya chempionati tizimida 7-o‘rinda turuvchi divizion («Bisirkliga»)ning «G‘arb» mintaqasidan o‘rin olgan o‘yinlardan biri har qanday muxlis yoki mutaxassisni shoshirib qo‘yadigan ssenariy ostida kechdi.
Ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan «kambek». Boshqacha aytganda, jahon futbolida «kambek»larning yangi qiro-li bosh ko‘tardi. «Viktoriya Memlingen» oldida endi «kambek»sevar «Bayer» ham shunchaki, dam oladi…
Diqqat qiling, kamtarin «Viktoriya Memlingen» qandaydir sehrli tarzda 5ta gol kamomadini yo‘qqa chiqarish bilan cheklanib qolmay, yakunda g‘alabani o‘z tomoniga ham og‘dirdi – 7:6. Boz ustiga, nomi g‘alaba ma’nosini anglatuvchi Memlingen jamoasi bu ishni «Vyursburg II»ga qarshi kechgan safar o‘yinida amalga oshirdi.
O‘yin ssenariysiga qisqacha sharh: mezbonlar 30-daqiqaga qadar mehmonlarni 5ta javobsiz gol bilan «siylashdi». Ishonish qiyin, lekin «Vyursburg» shundan so‘ng birdaniga bo‘shashdi va 5:0 ko‘rinishidagi ustunlikni qo‘ldan chiqardi. Hammasini «Viktoriya» hujumchisi Filipp Mayer butunlay burib yubordi. U 34-55-daqiqalar oralig‘ida 5ta gol urib, muvozanatni tikladi – 5:5. Shundan so‘ng navbat Yannik Yakobga keldi va u 56 hamda 67-daqiqalarda «dubl» qayd etdi. «Vyursburg II» yakunda yana 1ta gol urdi, ammo mag‘lubiyatni tan oldi, baribir – 6:7. «Kambek»ni «Viktoriya Memlingen»dan o‘rganing!
Manba: «Интерфутбол» газетаси
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/