Manolas «Roma»ga qaytish haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Himoyachi Kostas Manolas «Roma»ga qaytishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga javob berdi. Gresiyalik 33 yoshli futbolchining fikricha, u Rim klubiga qaytmaydi.

«Muxlislarga ularning xabarlari uchun rahmat, lekin bu ma’lumotlarda birorta ham haqiqat yo‘q» – deb yozgan Manolas ijtimoiy tarmoqlarda.

Kostas Manolas 2014-2019 yillarda “Roma” safida o‘ynagan. Bu vaqt ichida himoyachi 206 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, o‘z sheriklari safida 8 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ayni damda Manolas klub ro‘yxatidan o‘tmagan. 2023/2024 yilgi mavsumning ikkinchi qismida gresiyalik futbolchi «Salernitana» safida o‘ynadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter