«Bavariya» hamon Simonsning transferidan umidini uzgani yo‘q

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Xavi Simons o‘tgan yozda Vinsent Kompani jamoasiga qo‘shilishdan ko‘ra «Leypsig»ga qaytishni afzal ko‘rdi.

Jurnalist Kristian Falkning so‘zlariga ko‘ra, «Bavariya» sport direktori Maks Eberl hamon Simonsning transferi yaqin kelajakda yakunlanishiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi hamon Fransiyaning “PSJ” klubiga tegishli. Yangi mavsumda niderlandiyalik futbolchi Germaniya chempionatida ikkita o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 21 yoshli Simons avvalroq «Barselona» akademiyasida tahsil olgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter