Suness: «Maynu hozir eng yaxshi jamoalarga qarshi optimal formada o‘ynay oladigan odam emas»
Grem Suness «Manchester Yunayted»ni «FK Gollivud» deb atadi.
«Men shuni aytishim kerak, «MYU»ni tanqid qilishni xohlamayman, ammo bunga majburman.
«Manchester Yunayted»da kimdir porlay boshlasa… Mening vaqtimda bunday futbolchilarni «yangi Jorj Best», «yangi Bobbi Charlton» yoki «yangi Denis» deb atashgan.
Bu «FK Gollivud». Agar kimdir biror qobiliyatini ko‘rsatsa, u yaxshi o‘yinchi bo‘lishidan ancha oldin superyulduz toifasiga ko‘tariladi.
Maynu esa hozir eng yaxshi jamoalarga qarshi optimal formada o‘ynay oladigan odam emas, balki rotasiya o‘yinchisi bo‘lishi kerak.
U bir kun kelib yulduz bo‘lishi mumkin, ammo u «Yunayted»ning bugun yarim himoyada ishonishi kerak bo‘lgan odam emas», dedi Suness.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/