Olmo: «Rafinya bilan birinchi kundanoq til topishib ketdik»

«Barselona»ga yangi kelgan Dani Olmo Rafinya Dias unga moslashishida qanday yordam berayotganini tushuntirdi.

“Rafinya bilan «Barselona»ga kelganimning birinchi kunidanoq umumiy til topdik. U ajoyib inson va jamoadagi barchaga, shu jumladan menga ham yordam berishga harakat qiladi. Menga uning o‘yini juda yoqadi – u hech qachon to‘xtamaydi”, — dedi Olmo RAC1 nashriga bergan intervyusida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter