Moyes 11 yildan so‘ng «Everton»ga qaytishi mumkin

«Everton» yangi mavsumni yomon boshladi. Premyer-liganing dastlabki uch turida mersisaydliklar faqat mag‘lubiyatga uchradi. Natijada, ular nol ochko bilan turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Shon Daychning kursisi yomon natijalar tufayli qimirlay boshladi. Agar mutaxassis ishdan bo‘shatilsa, «Everton» Devid Moyesga murojaat qilishi mumkin.

Devid Moyes avvalroq 2002-2013 yillarda uzoq muddat davomida «Everton»ni boshqargan. O‘tgan mavsum oxirida shotlandiyalik «Vest Xem»ni tark etdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter