Balde: «Barselona» Mbappening «Real»ga kelishi bilan bezovta bo‘lmasligi kerak»

«Barselona» futbolchisi Alexandro Balde Kilian Mbappe haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Yulduz fransuz joriy mavsum boshlanishidan oldin erkin agent sifatida “Real Madrid”ga o‘tdi.

Ushbu shartnoma “qaymoqranglilar”ni La Liganing so‘zsiz favoritiga aylantiradi deb ishonilgandi, ammo mavsum boshida “Barselona” ishonchliroq ko‘rindi.

«Mbappe – ajoyib futbolchi, lekin biz o‘zimizga e’tibor qaratishimiz kerak. Boshqa jamoalarda bo‘layotgan voqealarga ortga qaramasligimiz kerak. Futbol 11 ga 11 o‘ynaladi», – deya 20 yoshli Balde so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter