Falkao: «Mbappe kelishi bilan «Real Madrid» ustunlik qilishda davom etadi»

“Rayo Valyekano” klubining kolumbiyalik hujumchisi Radamel Falkao fransiyalik hujumchi Kilian Mbappening “Real”ga o‘tganini yuqori baholadi.

«Shubhasiz, jamoa bu mavsumda hamma narsada g‘alaba qozondi, Mbappe kelsa, ular albatta yana ustunlik qiladi. Agar hammasi joyida va uyg‘un bo‘lsa, «Real» ustunlik qilishda davom etadi va himoyachilarga qiyinroq bo‘ladi.

Mbappe yoshligida maydonda juda to‘g‘ri qarorlar qabul qildi, bu meni hayratda qoldirardi», – deb Falkao so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.

3 iyun, dushanba kuni Madridning “Real” klubi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Futbolchining shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter