«Lokomotiv» futbolchisi «Al-Ittihod»ga o‘tmoqda

Moskvaning «Lokomotiv» klubi va Albaniya terma jamoasining chap qanot himoyachisi Mario Mitay faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.

Saudiya OAVlarining xabar berishicha, «Al-Ittihod» 21 yoshli futbolchining transferi borasida kelishib oldi. Insayder Ivan Karpovning so‘zlariga ko‘ra, u 5 million yevroga sotib olish opsiyasi bilan 1,2 million yevroga ijara bo‘ladi.

Mitay 2022 yilning yozida Gresiyaning AYEK jamoasidan «Lokomotiv»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u «temiryo‘lchilar»ning 4ta uchrashuvida qatnashdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter