Kingsli Koman tez orada «Bavariya»ni tark etmaydi.
Avvalroq, 28 yoshli yarim himoyachi, ayniqsa, «Kristal Pelas»dan Maykl Olise kelganidan keyin jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. U «Arsenal» va «Al-Hilol»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Bavariya» bilan shartnomasi tugashiga 3 yil qolgan Koman Yevropada transfer oynasi yopilishidan oldin rahbariyatga qolish niyati borligini aytdi.
Kecha «Bavariya» direktori Maks Eberl jamoaning Bundesligada «Frayburg» ustidan qozonilgan g‘alabasidan (2:0) keyin bu ma’lumotni tasdiqladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/