Flik ishonchli startga erishdi

28 avgust kuni “Barselona” La Liganing 3-turida “Rayo Valyekano”ni mag‘lub etdi – 2:1. Kataloniyaliklar uchun bu yangi mavsumdagi qatorasiga uchinchi g‘alabadir.

Bungacha ular “Valensiya” (2:1) va “Atletik”ni (2:1) mag‘lub etishgandi. Shu tariqa, yaqinda klub boshqaruviga kelgan Xans-Diter Flik rekord o‘rnatdi.

U so‘nggi 10 yil ichida mavsumni ketma-ket uchta g‘alaba bilan boshlagan birinchi kataloniyalik murabbiyga aylandi.

Luis Enrike oxirgi marta 2014-yilda bunga erishgan edi. 1988-yildan esa Yoxann Kroyff, Karles Rexach va Tito Vilanova bu ishga erishgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter