Mamardashvili «Al-Ittihod»dan 20 million yevro maosh so‘ragan
Yaqindagina «Valensiya»dan «Liverpul»ga ko‘chib o‘tgan Giorgi Mamardashviliga Saudiyaning «Al-Ittihod» klubi ham qiziqish bildirgan.
«Al Arabiya» xabariga ko‘ra, gruziyalik 23 yoshli gruziyalik darvozabon saudiyaliklardan 20 million yevro sof maosh bo‘lsa, transferga tayyorligini aytgan. Keyin «Ittihod» transferdan voz kechgan.
«Liverpul» Mamardashvili uchun «Valensiya»ga 30 million yevro to‘ladi. Futbolchi joriy mavsumni «ko‘rshapalaklar» safida ijarada o‘tkazadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/