Ronalduning golli seriyasi 4 ta o‘yinga yetdi

Krishtianu Ronaldu qatorasiga to‘rtta o‘yinda gol urdi.

Bugun «An-Nasr» forvardi Saudiya Arabistoni chempionatining 2-turi doirasidagi «Al-Feyxa»ga qarshi o‘yinda jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. Avvalroq u 1-turda “Al-Raed”ga qarshi o‘yinda gol urgan, shuningdek, Superkubokning ikkita o‘yinida – “At-Taavon” va “Al-Hilol”ga qarshi o‘yinda ham raqiblari darvozasiga yo‘l topgandi.

Umuman olganda, portugaliyalik Ar-riyodliklar safida 68 ta o‘yinda 62 ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter