Simeone Alvares uchun ikkita pozisiyani tanladi

«Atletiko Madrid» bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoaga yangi kelgan Xulian Alvares qanday o‘ynay olishi haqida gapirdi.

«Xulian to‘qqizlik sifatida o‘ynashga qodir. U ikkinchi hujumchi sifatida ham harakat qilishi mumkin. Alvares bu ikkala pozisiyada ham yaxshi. Jamoamizda o‘ziga xos va bir-birini to‘ldiradigan o‘yinchilar bor. Men ularni qanday moslashtirishni tushunishim kerak», – deydi mutaxassis.

24 yoshli argentinalik hujumchi Madrid klubiga «Manchester Siti»dan o‘tgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter