Roys debyutidayoq o‘zini ko‘rsatdi

Marko Roys «Gelaksi» uchun MLSdagi debyutida gol va golli uzatmani amalga oshirdi.

35 yoshli sobiq «Borussiya Dortmund» futbolchisi Los-Anjeles klubining «Atlanta Yunayted» ustidan qozonilgan g‘alabasiga (2:0) hal qiluvchi hissa qo‘shdi.

Nemis futbolchisi 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 76-daqiqada Riki Puchga assistentlik qilgan bo‘lsa, 84-daqiqada o‘zi gol urdi.

Roys shu oy «Los-Andjeles» futbolchisiga aylandi va 2026 yilgacha shartnoma imzoladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter