Bellingem: «O‘yinni o‘tkazib yuborishdan ko‘ra ko‘proq yomon ko‘radigan narsa yo‘q»
Madridning “Real” klubining yosh iqtidorchisi Jud Bellingem jarohat oldi. Yarim himoyachi bir oycha maydonga tusha olmaydi. Futbolchi jarohatiga shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ida javob qaytardi.
“Menga o‘yinlarni o‘tkazib yuborishdan ko‘ra ko‘proq yomon ko‘radigan narsa yo‘q. Lekin men buning ham ijobiy tomonlarini ko‘rishga harakat qilaman. Balki mening tanam menga tig‘iz yildan keyin biroz ko‘proq dam olish kerakligini aytayotgandir», deb yozadi Bellingem.
Bellingem qo‘shimcha qilganidek, u juda xafa, ammo jarohat reabilitasiya vaqtida jamoadoshlarini qo‘llab-quvvatlamaslik uchun sabab emas.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/