“Valensiya” o‘z kiperini sotadi, ammo…

Ispaniyaning “Valensiya” klubi darvozaboni Giorgi Mamardashvili Angliya premyer-ligasining top-klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Gap «Liverpul» haqida ketmoqda.

Insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko‘ra, mersisaydliklar gruziyalik darvozabonni 35 million yevro evaziga transfer qilishga rozi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Mamardashvili “ko‘rshapalaklar” safida ijara asosida kamida bir mavsum o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter