“Manchester Siti” va “Al-Hilol” Joau Kanseluning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

“Manchester Siti” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi 30 yoshli portugaliyalik o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanseluning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda City Report. Manbaga ko‘ra, tovon puli kamida 35 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Futbolchi o‘tgan mavsumni Ispaniyaning “Barselona” jamoasida ijara asosida o‘tkazdi va u yerda barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda qatnashib 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2023 yilning yanvaridan iyunigacha Joau Kanselo Myunxenning “Bavariya” klubida ijara asosida o‘ynagan.

Futbolchi 2019 yilning avgust oyida Italiyaning “Yuventus” klubidan “Manchester Siti”ga 65 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan.

Kanselu Portugaliya terma jamoasi safida 58 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter