Aleksey Miranchuk nima uchun «Atlanta»ga o‘tganini tushuntirdi

«Atlanta Yunayted» yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk nima uchun Italiyaning «Atalanta» klubidan Amerika klubiga o‘tganini tushuntirdi.

“Atlanta»da o‘ynashga qaror qildim, chunki men xip-xopni yaxshi ko‘raman. Hazil, shunchaki hazil. Vaziyatni biroz yumshatish uchun kulgili narsadan boshlamoqchi edim. To‘g‘risini aytsam, MLS o‘sib bormoqda, bu yerda juda ko‘p sifatli o‘yinchilar to‘p tepmoqda. Men Yevropada to‘rt yil o‘ynadim, xohlagan narsamga erishdim», – deya Miranchukning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

«Atlanta» 30 iyul kuni Miranchukning transferini e’lon qildi. O‘tgan mavsumda rossiyalik futbolchi «Atalanta» safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Yarim himoyachi italyan klubi safida jami 98 ta o‘yin o‘tkazgan (13 ta gol va 19 ta golli uzatma).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter