Dibalaga A Seriya klublari qiziqish bildirmayapti

«Roma» hujumchisi Paulo Dibala Italiyaning boshqa klubiga o‘tmaydi.

Rimliklar argentinalik futbolchining yuqori maoshi tufayli u bilan xayrlashish haqida jiddiy o‘ylashmoqda. Agar so‘nggi mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, 30 yoshli futbolchining xizmatlari Milanning «Inter» klubi taklif qilingan, ammo «neradzurrilar» bunga qiziqish bildirmagan.

Jurnalist Janluka Di Marsioning yozishicha, shu kungacha A Seriyadan hech kim Dibalani sotib olishga qiziqish bildirmagan. Hujumchi qolishdan ko‘ra «Roma»ni tark etishni afzal ko‘radi, ammo uning boshqa italyan klubiga o‘tishi deyarli mumkin emas.

Paulo Dibalaga asosiy da’vogar avvalroq Saudiya Arabistonining «Al-Qodisiya» klubi deb qaralayotgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter