Ten Xag: «O‘zimiz ishtirok etayotgan turnirlarni yutishni xohlaymiz»

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoaning yangi mavsumda sovrinlar uchun kurashish imkoniyatlariga baho berdi.

«Ikkita sovrin bilan biz Angliyaning «Manchester Siti» klubidan tashqari barcha klublardan ko‘proq yutganmiz. Ishonchimiz komil, bizda yaxshi jamoa bor, bizda yaxshi tarkib bor. Biz barqarorroq bo‘lishimiz kerak va o‘zimiz ishtirok etadigan barcha musobaqalarda, jumladan, Premyer-ligada ham g‘alaba qozonishni istaymiz», – dedi Ten Xag The Guardian bilan suhbatda.

16 avgust, juma kuni «Manchester Yunayted» APL 1-turi doirasida «Fulxem»ni qabul qiladi.

 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter