«Chelsi» futbolchisi APLning boshqa klubiga o‘tadi

«Chelsi» futbolchisi Lesli Ugochukvu «Sautgempton»ga o‘tishi mumkin.

Payshanba kuni klublar vakillari 20 yoshli yarim himoyachining ijara shartlarini muhokama qilish uchun yig‘ilishdi, deya xabar beradi jurnalist Devid Ornshteyn.

Ma’lumki, kelishuvda sotib olish opsiyasi mavjud emas. Lesli Ugochukvu o‘tgan yilning avgust oyida Fransiyaning “Renn” jamoasidan “Chelsi”ga o‘tgan edi. Transfer narxi 27 million yevroni tashkil qildi.

Futbolchining Transfermarkt portalidagi hozirgi narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter