Braziliyalik hujumchi APL klubiga ko‘chib o‘tadi

Evanilson «Bornmut»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Ingliz klubi «Portu» bilan 24 yoshli forvardning transferi bo‘yicha 47 million yevroga kelishib oldi.

«Bornmut» avvalroq «Tottenxem»ga 55+10 million yevroga sotib yuborilgan Dominik Solanke o‘rniga braziliyalik hujumchini xarid qiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, kelishuv doirasida Portugaliya jamoasi Evanilsonning qayta sotilishidan 10 foizini oladi.

O‘tgan mavsumda futbolchi Portugaliya chempionatining 27 uchrashuvida 13 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter