UEFA Superkubogida kim ishlaydi?

Bugun, 14 avgust kuni UEFA Superkubogi uchun bahs bo‘lib o‘tadi va unda Ispaniyaning «Real Madrid» va Italiyaning «Atalanta» klublari to‘qnash kelishadi.

Uchrashuvni shveysariyalik Sandro Sherer boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga hamyurtlari Stefan De Almeyda va Yonas Erni yordam berishsa, ukrainalik Nikolay Balakin to‘rtinchi hakam vazifasini bajaradi.

Bastian Dankert (Germaniya) va uning yordamchilari Fedai Sun (Shveysariya) va Kristian Dingert (Germaniya) VAR tizimiga rahbarlik qilishadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter