Palinya: «Bavariya» uchun borimni berishga tayyorman»

«Bavariya» yarim himoyachisi Joau Palinya «qizil mashina» libosidagi debyut goli haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi «Tirol»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘zini ko‘rsatib, jamoasining 3:0 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam bergandi.

«Bu klub uchun birinchi golimni urganimdan xursandman. Gol ursangiz va jamoadoshlaringiz bilan o‘tkazgan damingizdan zavqlansangiz, bu har doim o‘zgacha. Men bu yerda ekanligimdan faxrlanaman va bu klub uchun borimni berishga tayyorman» -dedi Palinya «Bavariya» rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Palinya shu yozda 51 million yevro evaziga Londonning «Fulxem» jamoasidan «Bavariya»ga o‘tgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter