Anchelotti: «U «Real»ning muhim bo‘lagi»

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa darvozaboni Andrey Luninning kelajagi haqida gapirdi.

Bu yozda darvozabonning «Real»dan ketishi mumkinligi haqida ko‘p mish-mishlar tarqaldi.

«Lunin? Bu fantastik futbolchi. U «Real»ning muhim bo‘lagi», – dedi Anchelotti jurnalistlarga.

O‘tgan mavsumda 25 yoshli Lunin barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol o‘tkazib yuborgan va 12 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter