Qirg‘iziston Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etdi

11 avgust Fransiyaning Parij shahrida XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman yakuniga yetdi.

Unda ishtirok etgan Qirg‘iziston delegasiyasi musobaqani 2 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunladi.

Kumush medallarga bokschi Munarbek Seytbek Uluu (57 kg) hamda kurashchi Meyirim Jumanazarova (68 kg) mualliflik qildi. Qizig‘i, bronza medallari ham aynan sport kurashlarida qo‘lga kiritildi. Ularga Aysuluu Tinbekova (62 kg) hamda yunon-rum kurashchilari — Jolaman Sharshenbekov (60 kg), Akjol Maxmudov (77 kg) hamda Uzur Jusupbekov (97 kg) egalik qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter