«Manchester Yunayted» himoyachisi klubini o‘zgartirishga yaqin
«Manchester Yunayted» himoyachisi Aaron Uan-Bissaka tez orada rasman «Vest Xem» futbolchisiga aylanadi.
Taniqli insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, bugun Uan-Bissaka «Vest Xem» bilan mehnat shartnomasi imzolaydi.
Qayd etilishicha, 26 yoshli futbolchining xaridi «bolg‘achilar»ga 17,5 million yevroga tushadi. Himoyachining London jamoasi bilan shartnomasi 5 yilga mo‘ljallangani haqida avvalroq xabar berilgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/