«Nyukasl» «Chelsi» futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni o‘ylamoqda

Angliyaning «Nyukasl» klubi yaqin orada Londonning «Chelsi» klubi vingeri Noni Maduekeni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Jurnalist Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, agar «ko‘klar» «Atletiko»dan Joau Feliksni o‘z safiga qo‘shib olsa, Madueke klubni tark etishi mumkin. Angliyalik futbolchiga asosiy da’vogar «Nbyukasl» bo‘lib turibdi, u eng jiddiy qiziqish bildirgan klub sanaladi.

2023 yilning yanvarida «Chelsi» Madueke uchun Niderlandiyaning PSV klubiga 38 million yevro atrofida tovon puli to‘lagan. «Ko‘klar» agar munosib taklif tushsa, vingerni shu yozda qo‘yib yuborishga tayyor. Angliya Premyer-ligasining so‘nggi mavsumida 22 yoshli Madueke 23 o‘yinda 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter