Jorje Mendesh «Chelsi»ga yana bir portugaliyalik transferini tezlatish uchun Londonga yetib keldi

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Feliksning manfaatlarini himoya qiluvchi futbol agenti Jorje Mendesh o‘z mijozining Londonning “Chelsi” klubiga o‘tishini tezlashtirmoqchi.

Jurnalist Fabrisio Romano bergan ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik Londonda va shartnomani imkon qadar tezroq yakunlamoqchi. Mendesh yaqinda «Chelsi»ga mijozi Pedru Netuning «Vulverxempton»dan 60 million yevro + 3 million bonus evaziga transferini ta’minlashga yordam berdi. Shundan so‘ng darhol Jorje «Chelsi» bilan Feliks bo‘yicha kelishuvni muhokama qila boshladi.

Avvalroq «Atletiko» Joauni 50 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Feliks 2022/23 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida «Chelsi»da o‘ynagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter