«PSJ» portugaliyalik yarim himoyachisini sotib yuborishga qaror qildi

«PSJ» klubi yarim himoyachi Danilu Pereyra bilan xayrlashishga qaror qildi.

Portugaliyalik futbolchi so‘nggi mavsumda Luis Enrike jamoasining asosiy tarkibiga kira olmadi. Endi klub 32 yoshli futbolchi uchun transfer takliflarini tinglashga tayyor, deya xabar beradi jurnalist Loik Tanzi. Yarim himoyachining joriy transfer oynasi yopilishidan oldin ketish ehtimoli ancha yuqori baholanmoqda.

Danilu Pereyra fransuz grandi safida 157 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter