Parij-2024. Neytral maqomda ishtirok etgan atlet medalli bo‘ldi

Olimpiya o‘yinlari doirasida og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 102 kilogrammgacha vazn toifasida dasturlar yakunlandi.

Uning g‘olibi 2023 yilgi jahon chempioni, Xitoy vakili Lyu Xuanxua bo‘ldi. Tokio-2020 chempioni (109 kg vazn toifasida) o‘zbekistonlik Akbar Jo‘rayev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Kuchli uchlikni 2019 yilgi jahon chempioni, ikki karra Yevropa chempioni, belaruslik Yevgeniy Tixonsov yakunlab berdi, u neytral maqomda ishtirok etdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter