Ederson kelajagi bo‘yicha barcha savollarga nuqta qo‘ydi

«Manchester Siti» darvozaboni Ederson kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi.

«Qaror qabul qilindi. Men “Manchester Siti”da qolaman. Men Pep bilan gaplashdim, bu men uchun muhim edi. «Qolganimdan xursandman, endi butun bor e’tiborimni yanada ko‘proq unvonlar qo‘lga kiritishga qaratganman», – deya Ederson so‘zlarini keltiradi jurnalist Joau Kastelo-Branko.

Ederson «Manchester Siti»da 2017 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida u 332 ta o‘yin o‘tkazib, 155 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter