«Real» 30 million yevro bilan Devis uchun bozorga kirmoqchi

Alfonso Devis shu yiliyoq «Real»ga o‘tishi mumkin.

AS xabariga ko‘ra, «Bavariya» kanadalik futbolchini shartnomasi 2025 yilda tugagach, uni tekinga qo‘yib yuborishdan ko‘ra, shu yozda sotishni afzal ko‘radi. Devis allaqachon transferga qo‘yilgan va myunxenliklar uni transfer oynasi tugaguniga qadar sotishga harakat qilishadi.

Himoyachining boshlang‘ich narxi 50 million yevro etib belgilangan. Futbolchining o‘zi 2025 yildan boshlab «Real»da o‘ynashni xohlayotganiga allaqachon qaror qilgan edi, biroq uning shartnomasi bo‘yicha muzokaralar hali boshlanib bo‘lmadi, chunki FIFA qoidalari bunga 1 yanvargacha, ya’ni amaldagi shartnomasi tugashiga olti oy vaqt qolganida ruxsat bermaydi.

Manbaga ko‘ra, yozda futbolchini yo‘qotish xavfidan qochish uchun “Real” “Bavariya” bilan Devisni 30 million yevroga sotib olish bo‘yicha muzokaralarni boshlashi yoki futbolchining “Real”ni shartnoma oxirigacha kutish haqidagi va’dasiga ishonishi mumkin. Bu holatda «Bavariya» bir mavsum himoyachiga bosim o‘tkazishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter