Skamakka operasiya qilindi

«Atalanta» va Italiya terma jamoasi hujumchisi Janluka Skamakka tizzasidagi xoch bog‘lami jarohati tufayli operasiya qilindi.

«Janluka Skamakka 5 avgust, dushanba kuni tushdan keyin chap tizzasining oldingi xoch bog‘lami jarohati sababli jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Rimdagi Villa Stuart klinikasida o‘tkazilgan operasiya to‘liq muvaffaqiyatli deb topildi. Skamakka zudlik bilan fizioterapiyasini boshlashi kutilmoqda», – deyiladi matbuot xizmati klub rasmiy saytidagi bayonotda.

O‘tgan mavsumda 25 yoshli Skamakka «Atalanta»ning barcha turnirlarda 44 ta o‘yinida qatnashib, 19 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali forvardning bozor qiymatini 35 million yevroga baholagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter