Xoland «Chelsi» darvozasiga xet-trik qayd etdi
Erling Xoland o‘rtoqlik uchrashuvida «Chelsi» darvozasiga 3 ta gol urdi.
«Manchester Siti» o‘rtoqlik uchrashuvida Enso Mareska boshchiligidagi jamoaga (4:1, ikkinchi bo‘lim) qarshi maydonga tushdi.
O‘yinning 4-daqiqasida Erling Xoland penaltini golga aylantirdi.
5-daqiqada esa norvegiyalik Moyses Kaysedoning noaniq uzatmasidan keyin Robert Sanches darvozasining pastki burchagiga zarba berib, gol urdi.
56-daqiqada Erling uchinchi golini urdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/