«Bavariya» sport direktori Palinya transferiga baho berdi

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Yan-Kristian Drizen jamoaga yangi kelgan portugaliyalik yarim himoyachi Joau Palinya haqida gapirdi.

“Palinyaning transferidan juda xursand bo‘ldim. Biz o‘tgan yili bu futbolchini qo‘lga kiritmoqchi edik. Unga bo‘lgan ishonchimiz esa o‘zgarmadi. Ammo keyin transfer amalga oshmadi, chunki «Fulxem» uning o‘rniga futbolchi topa olmadi. Endi biz Joau shu yerda ekanidan xursandmiz. U jamoamizni kuchaytiradi», – dedi funksioner.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik yarim himoyachi shu yilning yozida “Bavariya”ga o‘tgan edi. Bitim summasi 51 million yevroni tashkil qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter