Kristian Romero «Tottenxem» bilan sovrin yutmoqchi

Londonning «Tottenxem» klubi markaziy himoyachisi Kristian Romero ingliz klubini tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

«Men boshqa klublar haqida o‘ylamayman, men «Tottenxem»ni juda hurmat qilaman. Ular meni bu yerda doim qo‘llab-quvvatlashadi, menga bu jamoada o‘ynash yoqadi. Umid qilamanki, yangi mavsumda kubok qo‘lga kiritamiz. Bu mening maqsadim», — deya argentinalik futbolchining so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabrisio Romano keltirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter