«Lester» Shekspirga hurmat bajo keltirdi
“Lester Siti” jamoasi va xodimlari mashg‘ulotlar oldidan 1 avgust kuni 60 yoshida olamdan o‘tgan murabbiy Kreyg Shekspirga hurmat bajo keltirishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
«Sheyki, hammasi uchun rahmat. «Lester Siti» jamoasi bugun Germaniyadagi mashg‘ulot oldidan bizning sobiq bosh murabbiyimiz Kreyg Shekspirga hurmat bajo keltirish uchun yig‘ildi» – deyiladi «tulkilar»ning rasmiy bayonotida.
2017 yilning fevralidan martigacha angliyalik mutaxassis “Lester” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan. 12 mart kuni Kreyg Shekspir «tulkilar» bosh murabbiyi etib tayinlandi. U bu lavozimda 2017 yilning oktyabrigacha ishlagan. Keyin Shekspir «Everton», «Uotford», «Aston Villa», «Norvich» kabi jamoalarda yordamchi murabbiy sifatida ishlagan. Mutaxassis 2023 yilning aprelidan iyuniga qadar “Lester”da yordamchi murabbiy sifatida ishlagan.
Thank you Shakey, for everything ????
The Leicester City squad gathered ahead of training today in Germany to pay tribute to our former Manager, Craig Shakespeare. pic.twitter.com/T66O3dy3rM
— Leicester City (@LCFC) August 2, 2024
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/